AsosiyDunyo

Turk aktyori Burak O`zchivit 4 yilga qamalishi mumkin

'Turk aktyori Burak O`zchivit 4 yilga qamalishi mumkin'ning rasmi

"Zamon" nashrining yozishicha, Turkiyaning Beykoz tumani prokuraturasi Burak O`zchivitning hamkasblari tomonidan sudga kiritilgan shikoyatni ko`rib chiqdi.

 Unga ko`ra, hamkasblar o`rtasidagi nizo oktyabr oyining o`rtalarida sodir bo`lgan.

Aniqlanishicha, aktyor Burak O`zchivit “Qurilish: Usmon” serialining suratga olish jarayonida atrofdagilarga nisbatan qo`pol muomalada bo`lgan va ularni bir necha bor haqorat qilgan.  O`sha jarayonni o`z ko`zi bilan ko`rgan guvohlar ham mavjud.

Hozirda Prokuratura bir nechta shaxsni haqorat qilgani uchun aktyorga nisbatan ayblov xulosasini tuzgan. Ushbu hujjatning mazmuni  Burak O`zchivit 3 oydan 4 yilgacha qamoq jazosini olishi mumkin.

Qayd etilishicha, B.O`zchivitning o`zi barcha ayblovlarni rad etmoqda. U suratga olish guruhi vakillari bilan yaxshi munosabatda bo`lgani, yuzaga kelgan noqulaylik tuhmat ekanligini bildirgan.

Ammo,  ayrim jurnalistlar ijodkorga qarshi bo`lib olishgan. Misol uchun, jurnalist Birsen Altuntush ushbu sud jarayoni o`ta muhim ekani, kimlardir o`zini boshqalardan ustun qo`yish huquqiga ega emasligini aytib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar