AsosiyJamiyat

Qashqadaryo hokimi o`zgarishi kutilmoqda – OAV

'Qashqadaryo hokimi o`zgarishi kutilmoqda – OAV'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati rahbariyatida o`zgarish yuz berishi kutilmoqda. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatining amaldagi hokimi Zoyir Mirzaev lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda. Uning o`rniga Bojxona qo`mitasi raisi Murod Azimov viloyat hokimi etib tayinlanadi. Bu ma`lumotni hukumatdagi manba tasdiqladi.

Toshkent viloyatida ham tayinlovlar kutilmoqda, bu haqda hozircha rasmiy ma`lumot yo`q.

General-mayor Murod Azimov 2018 yil fevral oyida Bojxona qo`mitasiga rais etib tayinlangandi. U qo`mitaning avvalgi raisi Muidjon Tohiriyning o`rnida ish boshlagandi.

Murod Azimov 1976 yil Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan. 1998 yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan. Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga prokuror, keyinroq viloyat prokurorining o`rinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan.

2014 yilda u Buxoro viloyati prokurori etib tayinlanib, u erda 2016 yilgacha ishlagan. 2016 yil sentyabr oyidan boshlab u O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o`rinbosari lavozimida ishlagan. 2018 yilda u bojxona xizmati general-mayori unvoniga ega bo`lgan.

Qashqadaryo viloyatining amaldagi hokimi Zoyir Mirzaev 2019 yil oktyabr oyida viloyat hokimi sifatida ish boshlagandi.

Zoyir Mirzaev 1968 yil 10 mart kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug`ilgan. 2016 yildan 2018 yilgacha bosh vazir o`rinbosari - Qishloq va suv xo`jaligi vaziri, agrosanoat majmuasi rahbari. 2018 yildan - bosh vazir o`rinbosari - agrosanoat, oziq-ovqat va xalq iste`mol mollari majmuasi rahbari bo`lib ishlagan. 2018 yil 7 noyabr kuni Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar