Bugun, 18 noyabr kuni davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan poytaxtdagi ayrim ko`chalar yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabar berdi.
Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i qabul qilingan kuni munosabati bilan bugun soat 08:00 dan soat 11:00 gachaFurqat — Beshyog`och ko`chasidan I.Karimov — Furqat ko`chasigacha bo`lgan hudud transport harakati uchun yopiladi.
"Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya etamiz",— deyiladi xabarda.






