Afg`oniston poytaxti Qobul shahrida sodir bo`lgan ikkinchi portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Aamaj News agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastlab poyxatning Dehbori tumanida yo`lovchi avtobus portlatilgan.
Oradan ko`p vaqt o`tmasdan, Dashti Barchi tumanida mikroavtobus portlatilgan. Portlash oqibatida esa 4 kishi halok bo`lgan, 2 kishi jarohatlangan.
Hozircha mamlakatdagi hech bir guruh ushbu hodisalar uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmagan.






