AsosiyJamiyat

Avtomobillarga gaz to`ldirish stansiyalari faoliyatiga o`zgartirish kiritilmoqda — Matbuot-shtabi

'Avtomobillarga gaz to`ldirish stansiyalari faoliyatiga o`zgartirish kiritilmoqda — Matbuot-shtabi'ning rasmi

Avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga o`zgartirish kiritilmoqda.

Hurmatli iste`molchilar. Xabaringiz bor, energiya resurslariga talab kuchayadigan kuz-qish mavsumida aholiga tezkor ma`lumot berish, murojaatlarni o`z vaqtida hal etish, shu orqali aholi bilan samarali muloqotni yo`lga qo`yish maqsadida Energetika vazirligi huzurida matbuot shtabi tashkil etilgan. Uning doirasidagi bugungi murojaatda ob-havoning keskin pasayib ketishi natijasida aholi va ijtimoiy soha ob`ektlarini energiya resurslari bilan ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan tadbirlar haqida ma`lumot beriladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumotiga ko`ra, Respublikamiz hududida 2021 yil 16-18 noyabr kunlari nam va sovuq havo kuzatilib, kechasi -5 -8S, shimoliy hududlarda -12 -15S gacha sovuq bo`lib, shamol tezligi sekundiga17-28 metrgacha kuchayadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarorining “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”, 7–bob 58-bandi hamda ulgurji va Avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz etkazib berish to`g`risida rasmiylashtirilgan ikki tomonlama shartnoma shartlaridan kelib chiqib, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinadi.

Bundan maqsad – birinchi navbatda tabiiy gaz etkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta`lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta`minotida barqarorligini ta`minlashdan iborat.

Hurmatli iste`molchilar, vaktinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko`tarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSh tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o`tishini ma`lum qilamiz.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar