Buxoro viloyatida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivalini tashkil etish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq 2022 yildan har 2 yilda 1 marta may oyida Buxoro shahrida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o`tkaziladi.
Qaror bilan festivalni o`tkazish bo`yicha nizom tasdiqlandi.
Festival haqida boshlanishidan 30 kun oldin OAVda e`lon beriladi.
Festivalda 30 yoshgacha yakka ijrochilar hamda ijodiy jamoalarning faqat maqom asarlari namoyish etiladi.
Ijrodan raqsdan foyladanish mumkin, barcha asarlar yoddan ijro etiladi.
Festival 2 ta shartda o`tkaziladi “Mushkilot” (cholg`u) va “Nasr” (ashula). Festival g`oliblari diplomlar, qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.






