EF English Proficiency Index butun dunyo bo`ylab ingliz tilini bilish bo`yicha tadqiqot olib bordi.
O`zbekiston 112 mamlakat orasida 88-o`rinni egalladi.
Reytingda O`zbekiston Albaniya va Suriya o`rtasida joylashgan ingliz tilini bilish darajasi “juda past” deb baholanadigan davlatlar guruhiga kirdi.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari orasida Qozog`iston 96-o`rinda, Qirg`iziston 101 va Tojikiston 103-o`rinda qayd etilgan. Turkmaniston reytingga kiritilmagan.
Ingliz tilini bilish bo`yicha ro`yxatda Niderlandiya, Avstriya va Daniya etakchilik qilmoqda.
So`nggi bir yil ichida odamlarning til o`rganishga bo`lgan qiziqishi keskin kamaydi. Pandemiya tufayli odamlar sayohat qilishni, xizmat safarlariga borishni kamaytira boshladi va tilni o`rganish yoki bilish darajasini saqlab qolish zarurati yo`qoldi.
Ma`lumot o`rnida, tadqiqot 2019 yilda 100 ta, 2021 yilda esa 112 ta davlat o`rtasida o`tkazildi.






