AsosiyJinoyat

Tadbirkordan pora talab qilgan “Toshkent suv ta`minoti” Olmaliq shahar filiali boshlig`i va muhandisi ushlandi

'Tadbirkordan pora talab qilgan “Toshkent suv ta`minoti” Olmaliq shahar filiali boshlig`i va muhandisi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, “Toshkent suv ta`minoti” Olmaliq shahar filiali boshlig`i I.Sh. filialning etakchi muhandisi F.K. bilan oldindan til biriktirib, “F.L.” MChJ ta`sischisi E.dan savdo majmuasini qurishda sarflanayotgan suv uchun rasmiylashtirilgan bayonnomani bazaga kiritmaslik evaziga 2 000 AQSh dollari pora talab qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini F.K. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar