AsosiyJamiyat

Yangi qonunchilikka ko`ra, xususiy bandlik agentliklari qanday talablar asosida faoliyat ko`rsatadi?

'Yangi qonunchilikka ko`ra, xususiy bandlik agentliklari qanday talablar asosida faoliyat ko`rsatadi?'ning rasmi

AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida "Xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish masalalari" mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda.

Ta`kidlanishicha, O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ishni qidirayotgan shaxslardan xorijda ishga joylashtirish bo`yicha xizmatlar uchun haq olish taqiqlandi. Bu xizmatlar uchun haq xorijiy ish beruvchi tomonidan to`lab beriladi.

Lisenziyaga ega xususiy bandlik agentliklarining xorijiy hamkorlari va ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan bo`lishi kerak.

Har bir xizmat ko`rsatish shartnomasini xususiy bandlik agentliklari “labor-migration” axborot tizimida real vaqt tartibida ro`yxatdan o`tkazilishi talab etiladi.

 Bundan tashqari, fuqarolarni ishga joylashtirish sohasida ko`rsatiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oshmasligi belgilab qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar