AsosiyJamiyat

Farg`ona vodiysining bir qator hududlarida zilzila sezildi

'Farg`ona vodiysining bir qator hududlarida zilzila sezildi'ning rasmi

Bugun Toshkent vaqti bilan 16:17 da (17.11.2021 yil, Grinvich bo`yicha 11:17 da) Qirg`izistonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzila koordinatalari: 41,1 gradus shimoliy kenglik; 73,03 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda.

O`zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Xonobod tumanida 3-4 ball, 32 km.
  • Qo`rg`ontepa tumanida 3 ball, 40 km.
  • Jalaquduq tumanida 3 ball, 53 km.
  • Paxtaobod tumanida 3 ball, 54 km.
  • Andijon tumanida 2-3 ball, 58 km.
  • Xo`jaobod tumanida 2-3 ball, 64 km.
  • Andijon shahrida 2-3 ball, 67 km.
  • Izboskan tumanida 2-3 ball, 68 km.
  • Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 72 km.
  • Uchqo`rg`on tumanida 2 ball, 77 km.
  • Oltinko`l tumanida 2 ball, 80 km.
  • Asaka tumanida 2 ball, 83 km.
  • Norin tumanida 2 ball, 88 km.
  • Marhamat tumanida 2 ball, 89 km.

    Boshqa yangiliklar