AsosiyJinoyat

Namanganda soxta 10 ming dollarni muomalaga kiritayotganlar fosh etildi

'Namanganda soxta 10 ming dollarni muomalaga kiritayotganlar fosh etildi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabandaga qarshi kurash va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Namangan viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda soxta valyutalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazishdi.

Tadbir davomida, fuqarolar M.Sh va N.N.lar shartli xaridorga 10 ming AQSh dollari soxta valyutalarini 6500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo`lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar