AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga tashrif buyuradi

'Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga tashrif buyuradi'ning rasmi

Qozig`iston Davlat rahbari O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Ma`lum qilinishicha, suhbat chog`ida davlat rahbarlari Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasidagi strategik sheriklikni ikki tomonlama yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashishgan.

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, sarmoyaviy hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, sanoat, mashinasozlik, transport-logistika, qishloq xo`jaligi va boshqa sohalarda qo`shma loyihalarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berigan.

Ko`p qirrali Qozog`iston-O`zbekiston munosabatlariga amaliy turtki berish maqsadida suhbatdoshlar joriy yil oxirigacha O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevning Qozog`istonga davlat tashrifini tashkil etish bo`yicha kelishuvga erishdi.

Shu munosabat bilan ikki davlat hukumatlariga bo`lajak oliy darajadagi muzokaralarni sifatli mazmun bilan o`tkazishni ta`minlash topshirildi.

    Boshqa yangiliklar