AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" bugun Toshkentda yog`gan iflos qor bo`yicha izoh berdi

'"O`zgidromet" bugun Toshkentda yog`gan iflos qor bo`yicha izoh berdi'ning rasmi

"O`zgidromet"ning ma`lum qilishicha,   17 noyabr 6:00 da Toshkent shahrida iflos qor yog`gan.  10:30 da qor qatlami  12 smni tashkil etdi.  Qor tarkibini aniqlash uchun namunalar olinganda ifloslangan qor qatlamlari (qizg`ish loy rangi) kuzatilgan. 

ta`kidlanishicha, ifloslangan qor yog`ishiga 4 noyabrda Qozog`iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan  qum bo`ronlari sabab bo`lgan. Agar Toshkentda 14 noyabrda yog`inlar yog`ib havo tozalangan bo`lsa, Buxoro viloyatida esa yog`inlar bo`lmagan. 17 noyabrda respublikaning butun hududiga shamolning tezlashishi va ba`zi joylarda qumli bo`ron bilan sovuq nam havo massasi kirib kelgan. Shamol tezligidan ko`tarilgan chang masofaga ko`chib, tuproq va qum rangini bo`yab, Toshkent shahriga cho`kgan.

Atmosfera havosi tahlil natijalari ko`rsatkichlari,  qorning kislotalilik darajasi 9,6 ni tashkil etgan. U odatda havoda 7 bo`ladi. Elektr o`tkazuvchanlik 73,2 ni tashkil etgan, bu anionlar va kationlarning uncha katta bo`lmagan konsentrasiyasidan dalolat bo`ladi va inson salomatligiga ziyon etkazmaydi, - deya ta`kidlangan rasmiy bayonotda. 

 Yog`inlar yog`ishi natijasida havoni tozalanishi  sodir bo`lgani aytilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar