AsosiyJamiyat

18 noyabr kuni O`zbekistonda ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

'18 noyabr kuni O`zbekistonda ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 18 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tumuan tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° sovuq, kunduzi 2-4° iliq bo`ladi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; shimoda kechasi 12-15° sovuqgacha, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.  

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi. Avtoyo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar