AsosiyJamiyat

Zangiotada oilaviy janjalni to`xtatish uchun borgan inspektor, boshqa jinoyatga guvoh bo`ldi. Otasini qutqarmoqchi bo`lgan o`g`il esa...

'Zangiotada oilaviy janjalni to`xtatish uchun borgan inspektor, boshqa jinoyatga guvoh bo`ldi. Otasini qutqarmoqchi bo`lgan o`g`il esa...'ning rasmi

Giyohvand moddalar bilan ushlangan shaxsni ozod qilish uchun inspektorga pora taklif qilgan shaxs ham javobgar bo`ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 noyabr kuni Zangiota tumani “Bog`zor” MFY yashovchi fuqaro xonadonida oilaviy janjal bo`layotganligi sababli hududiy IIB profilaktika inspektori leytenant D.Zikirov mazkur xonadonga borgan.

Inspektor xonadon egasi 1959 yilda tug`ilgan A.S. bilan profilaktik suhbat davomida, hovlida turgan ikki qopda giyohvand moddaga o`xshash o`tkir hidli o`simlik va 4 kg yaqin quritilgan giyohvand modda urug`i borligini aniqlagan.  

Shundan so`ng, xonadon ko`zdan kechirilganda 3 ta 3 litrli shisha idishda ham yashilsimon modda urug`i borligi aniqlangan va ushbu daliliy ashyolar xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzib olingan.

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv olib borilayotgan vaqtda, fuqaro A.S.ning o`g`li 1988 yilda tug`ilgan S.A. kelib yuritilgan tekshiruvni tergovga o`tqazmasdan yopib berish uchun IIB profilaktika inspektoriga 1 mln 500 ming so`m pul mablag`larini pora sifatida taklif qilgan.

Inspektorning bildirgisi asosida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.A. 1 mln 500 ming so`m pulni xodimga pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.  

Hozirda Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar