Professional boksning super engil vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (20-0, 18KO) o`zining navbatdagi jangini 30 noyabr kuni Toshkentda o`tkazadi. Bu haqda O`zEOAVMA xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, boks oqshomi «Zo`r TV arena»da bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Hozircha unga kim raqiblik qilishi noma`lum.
Ma`lumot uchun, so`nggi jang Dmitriy Milyushaga qarshi kechgan va texnik nokaut bilan yurtdoshimiz g`alaba qozongan.






