Farg`ona viloyati IIB fuqarolarni ogohlantirish bilan chiqdi.
Hurmatli fuqarolar, noqulay ob-havo, kuchli shamol va yomg`ir sharoitida o`zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrash uchun tashqariga chiqmasdan uyingizda qolishingizni so`raymiz.
Keksa daraxtlar va nobop qurilmalar, bino va inshootlar yonida turmang. Avtomashinangizni va qimmatbaho buyumlaringizni ana shunday joylarda qoldirmang.
Aks holda, buyumlaringizga va o`zingizga jiddiy zarar etishi mumkin.
Ogoh bo`ling!






