Kecha O`zbekistonda 230 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 16 noyabr holatiga, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 190332 (+228) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 12 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 5 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 19 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 20 nafari Farg`ona viloyatida,
- 16 nafari Xorazm viloyatida,
- 67 nafari Toshkent viloyatida,
- 74 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1364 nafarni tashkil qilmoqda.
SSV mamlakatda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishni so`ramoqda .





