Serbiya terma jamoasi Portugaliya ustidan g`alaba qozondi va jahon chempionati yo`llanmasiga ega chiqdi.
Qayd etilishicha, mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich futbolchilarga 1 million evro mukofat puli va`da qilgandi. O`z navbatida terma jamoasi futbolchilari jahon chempionatiga chiqqanligi uchun berilgan bonuslarni xayriya qilishadi.
Aniqlanishicha, futbolchilar ushbu mablag`ni xayriyaga — kasal bolalarga yordam berish fondiga o`tkazishga qaror qilgan.






