Bugun, 16 noyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaevaning YuNISEFning Evropa va Markaziy Osiyo bo`yicha vakolatxonasining mintaqaviy direktori Afshon Xon bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unda Afshon Xon O`zbekistonda Sh.Mirziyoev rahbarligida bolalar huquqlarini himoya qilish, ta`lim sohasini rivojlantirish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli samarali islohotlarga yuksak baho berdi.

Tarbiya, bolalar huquqlarini himoya qilish, bolalar mehnatiga barham berish, ularning jismoniy, aqliy va ma`naviy tarbiyasini takomillashtirish, shuningdek, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish va yaxshilash bo`yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mamlakat hukumatining bolalarni qo`llab-quvvatlash va ularning bilim olishi, kasb-hunarli va uy-joyli bo`lishi uchun imkoniyat yaratish hamda ularni ishga joylashtirish borasidagi sa`y-harakatlari e`tirof etildi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishning boshqa yo`nalishlari yuzasidan fikr almashildi.







