AsosiyJamiyat

Poezd g`ildiraklari orasiga yashirilgan zahri qotil

'Poezd g`ildiraklari orasiga yashirilgan zahri qotil'ning rasmi

Giyohvandlik vositalarining yurtimiz hududida noqonuniy aylanuviga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
         Xususan, “Chuqursoy texnik idora” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni davlat hududidan kirib kelgan poezd tarkibi ko`zdan kechirildi.

         Tekshiruv davomida poezd g`ildiraklari ramasining yon ichki qismida qora rangli  selofan paketga solingan va oq rangli paketga o`ralgan noma`lum modda borligi aniqlandi.

         O`tkazilgan tekshiruvlarda mazkur moddalar 156,25 gramm og`irlikdagi "marixuana" giyohvandlik vositasi ekanligi ma`lum bo`ldi.

         Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar