AsosiySport

Toshkentda muay-tay bo`yicha Jahon chempionligi uchun jang o`tkaziladi

'Toshkentda muay-tay bo`yicha Jahon chempionligi uchun jang o`tkaziladi'ning rasmi

20-noyabr kuni Toshkentda katta muay-tay kechasi o`tkaziladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

“Zo`r-TV” telekanali pavilyonida o`tkaziladigan professionallar o`rtasidagi oqshomda Ispaniya, Braziliya, Jazoir, Eron, Iroq hamda vatanimiz sportchilari g`oliblik uchun bahs olib borishadi.

Muay-tay bo`yicha professionallar o`rtasidagi markaziy jangda Jahon chempionligi kamari uchun hamyurtimiz Muhammadiy Jahongir ringga ko`tariladi.

Katta muay-tay kechasining yulduzli mehmoni – 18 karra jahon chempioni Mayk Zambidisdir.

 

    Boshqa yangiliklar