AsosiyJamiyat

Jomboydagi korxonalarning birida yong`in sodir bo`ldi

'Jomboydagi korxonalarning birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 16-noyabr kuni soat 12:44 da Samarqand viloyati Jomboy tumani Nazar MFY “ChINLATEKS” MChJ hududida joylashgan kley ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`ldi.  Vaziyat yuzasidan FFV quyidagi  ma`lumotlarni bermoqda. 

Shunga ko`ra, 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:55 da  etib borib, yong`in soat 14:50 da qurshab olingan va soat 15:51 da bartaraf etilgan.

Yong`in oqibatida sexning taxminan 400 kv.m. maydonda tomi, shifti  va ichki qismida kley maxsulotlari  yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.

Hozirda yong`inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishni so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar