Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi o`rinbosari Farrux Karabaev ma`lum qildi:
«Benzin narxlariga ta`sir qiluvchi omillar o`rganildi, ko`rsatmalar berildi, choralar ko`rilyapti. Bu bo`yicha idoralararo ishchi guruh ishlayapti.
Qaerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy o`sishga erishilgan bo`lsa, biz unga ta`sir ko`rsata olmaymiz. Lekin sun`iy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyasiya harakatlariga ta`sir ko`rsatish mumkin.
Xususan, benzin narxi oshishida ham manipulyasiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sun`iy ravishda annulyasiya qilish alomatlari aniqlandi. Bunga albatta kerakli choralar ko`riladi.
Benzin narxini barqarorlashtirish, tushirish bo`yicha harakatlar davom etyapti, bu vaqt talab qiladigan masala. Lekin yaqin kunlarda narxlarda o`zgarish bo`ladi.
Ayni paytda bozorni to`yintirish, arzon narxlar asosida kichik xaridorlarga imkoniyat berish masalasiga e`tibor qaratilyapti.
Chunki hozir nima bo`lyapti? Yirik, ulgurji xaridorlar juda kichik rentabellikka ishlaydi, ularning savdo jarayonida balandroq taklif berish imkoni ko`proq.
Shuning uchun ham lotlar kichik hajmda qilinmoqda, bundan maqsad — oddiy AYoQShlarning benzinni olishi va zaxirasini to`ldirishiga imkoniyat yaratishdan iborat. Bu narxlar sun`iy ravishda ko`tarilishining oldini olishga yordam beradi».






