AsosiyJinoyat

Sirdaryoda garovda turgan mulkni soxta ma`lumotlar orqali sotib yuborganlar qo`lga olindi

'Sirdaryoda garovda turgan mulkni soxta ma`lumotlar orqali sotib yuborganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “A.F.” MChJ rahbari T.G. bank muassasasidan zamonaviy issiqxona qurish uchun 5,5 mlrd so`m kredit ajratilishiga erishib, garovga qo`yilgan mulkni soxta ma`lumotlar kiritish orqali taqiqdan chiqarib sotib yuborganligi natijasida bank manfaatlariga 3,8 mlrd so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.  

Shu kabi, “S.b.” MChJ rahbari M.R. MChJga qurilish mollari sotib olish uchun ajratilgan 5 mlrd so`m kredit evaziga garovga qo`yilgan mulkni soxta ma`lumotlar kiritish orqali taqiqdan chiqarib sotib yuborganligi natijasida bank manfaatlariga 4,3 mlrd so`m zarar etkazganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar