AsosiyJamiyat

Sharqshunoslik universitetida “Biznes uchun turk tili” o`quv kurslari yo`lga qo`yilmoqda

'Sharqshunoslik universitetida “Biznes uchun turk tili” o`quv kurslari yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda joriy yilning 29 noyabrdan 11 dekabrgacha “Biznes uchun turk tili” o`quv kurslari yo`lga qo`yilmoqda. Bu haqda Milliy axborot agentligi xabar berdi. 

O`quv mashg`ulotlari TDShUning turkshunoslik fakulteti talabalari uchun 40 soatlik kurslaridan iborat bo`ladi. Mazkur kurslarda tinglovchilar 4 guruhga – tibbiyot turizmi va turk tili, ofis va turk tilida yozishma, turk tilida biznes, turizm va turk tili guruhlariga ajratiladi.

TDShU xalqaro hamkorlik bo`yicha prorektori E.Mahmudovning ta`kidlashicha, mazkur kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlar 2022 yilda Turkiyada qisqa muddatli amaliyot o`tash imkoniga ega bo`ladi.

Ushbu amaliyotlar bank tizimi, tibbiyot, tijorat, savdo va turizm kompaniyalarida yo`lga qo`yilib, talabalarning amaliy ko`nikma va bilimini oshirishga yordam beradi. Ta`kidlash joizki, bu universitet talabalarining Turkiyadagi ilk amaliyot loyihasi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar