Joriy yil 12 noyabr kuni soat 16:45 larda, Kosonsoy-To`raqo`rg`on-Mingbuloq yo`lining 54 km.da, To`raqo`rg`on tumani Obodon MFY hududida, shu tumanda yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchi To`raqo`rg`on tumanida yashagan, 1955 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.
Natijada, velosipedchi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






