Kecha, 15 noyabr kuni navbatdagi hokimlik soati yig`ilishi o`tkazildi. Unda viloyat hokimi o`rinbosarlari, hokimlik apparati mas`ul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, sektorlar, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig`ilishni viloyat hokimi To`ra Bobolov boshqarib bordi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarning o`z vaqtida va sifatli ijro qilinishi ahvoli to`g`risidagi masala ham ko`rib chiqilgan.
Jumladan, unda samarali ijro intizomi – islohotlar natijadorligining muhim omili ekanligi ta`kidlanib, ba`zi tumanlar hokimliklari tomonidan Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalar ijrosida sustkashlikka yo`l qo`yilayotganligi qayd etilgan.
Xususan, “Raqamli O`zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 2020 yilda Angor va Sho`rchi tumanlarini raqamli transformasiya qilish bo`yicha loyihalarni amalga oshirishda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yganligi uchun mazkur tumanlar hokimlariga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-qismiga asosan, “O`rtacha oylik ish haqining o`n foizi” miqdorida jarima jazosi belgilangan.
Yig`ilishda shuningdek, viloyatda eksport prognoz parametrlarining bajarilishi, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilingan.






