"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 16-noyabr kuni kunduzi O`zbekistonda kuchli yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatining ba`zi joylarida yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi.
Havo harorati 13-18° iliq, shimolda 2-7° iliq atrofida bo`ladi.
Poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 14-16° iliqgacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 8-13° iliq atrofida bo`ladi.






