“Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Ertaga maktab" qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda. Bu haqda Kinemotografiya agentligi xabar berdi.
Ma`lumotga ko`ra, kinokartinada 7 yoshli bolakayning orzu-umidlari, ilk bor maktabga o`qishga borayotgandagi hayajonli lahzalari aks ettiriladi.
Ssenariy muallifi Begzod Aqbo`taev, postanovkachi rejissyor Abdulatif Haydarov, postanovkachi operator Kamoliddin Ziyovuddinov, rassom Alisher Umrzoqov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar Isamat Ergashev.
Eslatib o`tamiz, avvalroq "Qovoq mening jonu dilim” filmi suratga olinayotgani haqida xabar bergandik.






