Shu yilning 13-14 noyabr kunlari Kosta-Rikaning San-Xose shahrida qilichbozlik bo`yicha qizlar o`rtasida Jahon kubogi bosqichi bo`lib o`tdi.
Turizm va sport vazirligi ma`lumot berishicha, bu yilgi qilichbozlik mavsumining ilk musobaqalari O`zbekiston terma jamoasi vakillari uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Ta`kidlanishicha, O`zbekiston qilichbozligi tarixida ilk bora o`smir-qizlar jahon kubogi bosqichida barcha sovrinlarni, shuningdek, jamoaviy bahslarda ham oltin medalni qo`lga kiritgan.
Final uchrashuvida qizlar Kosta-Rika vakillarini 45:30 hisobida mag`lub etishgan.
"Bu musobaqa vakillarimiz uchun Osiyo chempionati, Jahon chempionati hamda 2022 yilgi Osiyo o`yinlari oldidan o`ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini o`tadi",-deyiladi xabarda.






