10-noyabr kuni soat 10:55 da Toshkent shahar IIBB YHXB yo`l-patrul xizmati katta inspektori leytenant A. Rajabov Chilonzor tumani Qatortol ko`chasida xizmat olib borish davomida piyodalardan biriga e`tibor qaratdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.
Tekshiruv davomida 2021-yilning 21-sentyabr kunidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi tariqasida qidiruvga e`lon qilingan 1994-yilda tug`ilgan Andijon viloyatilik Xurshidbek R.ning hujjatlari yo`q edi. Fuqaro Chilonzor tumani IIO FMBga etkazildi.






