Kinematografiya agentligi Milliy Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan dam olish kunlari Yunusobod tumanida joylashgan Asia Sinema kinoteatrida taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar bo`lib o`tdi.
Unda O`zbekiston san`at arbobi, taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov, aktyorlar Sobirjon Otajonov, Yigitali Mamajonov, Feruza Saidova, Dilbar Yusupova, Feruza Yusupova, kinooperator Aziz Arzikulov va boshqalar ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvlar “Mahallada duv-duv gap”, “Mahallamizda yangi O`zbekistonning yangi kinofilmlari” nomi ostidagi kino oyligi doirasida tashkil qilinmoqda.
Shuningdek, ijodiy uchrashuvlar davomida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Hayrat” va “Birinchi avgust” badiiy filmlari namoyish etildi.






