AsosiyJinoyat

Yozyovonda o`z uyida “og`u” saqlagan shaxs qo`lga tushdi

'Yozyovonda o`z uyida “og`u” saqlagan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

Joriy yilning 7 noyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Suvliariq MFY hududida yashovchi X.R.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasidagi shkafda giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar