AsosiySport

Professional futbol klublariga ajratilayotgan mablag`lar O`FA bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan bo`ldi

'Professional futbol klublariga ajratilayotgan mablag`lar O`FA bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan bo`ldi'ning rasmi

 Professional futbol klublariga ajratilayotgan mablag`larning maqsadli sarflanishini monitoring qilish, klublarning avvalo infratuzilma va akademiyani rivojlantirishga pul yo`naltirishini ta`minlash maqsadida professional futbol klublarining yillik xarajatlar smetasi O`FA bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi belgilandi. 

Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lumot berdi.  

Xabarga ko`ra, yillik xarajatlar smetasi asosida moliyaviy mablag`larni ajratilishida, birinchi navbatda, futbol klublari infratuzilmasini yanada rivojlantirishga, xususan, stadion va maydon parvarishiga, bolalar-o`smirlar futbol akademiyasi hamda o`quv-mashg`ulot qarorgohi tashkil qilinishi, ayollar va futzal jamoalari, shuningdek, turli yosh toifasidagi jamoalarning musobaqalardagi ishtirokini samarali tashkil etilishiga e`tibor qaratiladi.

 "Shu asnoda Superliga hamda Pro-ligada ishtirok etadigan har bir futbol klubi 2022 yilgi xarajatlar smetasi loyihasini hozirdan ishlab chiqmoqda", -deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar