AsosiySport

Sambo: O`zbekiston jamoasi jahon chempionatini 11ta medal bilan yаkunladi

'Sambo: O`zbekiston jamoasi jahon chempionatini 11ta medal bilan yаkunladi'ning rasmi

 12-14 noyabr kunlari Toshkent shahridagi "Yunusobod sport majmuasi"da o`tkazilgan sambo bo`yicha jahon chempionati o`z yakuniga etdi. 

Uch kun davomida sambo muxlislari keskin va shiddatli bellashuvlar guvohiga aylanishdi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi. 

Ta`kidlanishicha, musobaqada ishtirok etgan o`zbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medal qo`lga kiritishgan. 

Terma jamoa a`zolari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishgan. Jamoamiz safida quyidagi sportchilar sovrindor bo`lishdi: 

Oltin: 

-58 kg: 

Bahodir Bakiev (jangovar sambo)

 -88 kg: 

Ixtiyor Eshmurodov 

-98 kg: 

Nodirjon Mirxalikov 

Kumush: 

-79 kg: 

Ulug`bek Rahmonov 

-64 kg: 

Oybek Soliev (jangovar sambo) 

-50 kg: 

Sabina Davlatova 

-79 kg: 

Furqat Ro`ziev (jangovar sambo) 

-88 kg: 

Sohibjon Hasanboev (jangovar sambo) 

Bronza: 

-59 kg: 

Ibodatxon Agojonova 

+98 kg: 

Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo) 

-71 kg: 

Istam Qudratov Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinda yakunlashdi. 

Birinchi o`rinni Rossiya vakillari egallashgan bo`lsa (8 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza), kuchli uchlikka Belarus vakillari (3 ta oltin, 5 ta kumush) yakun yasashgan.   

    Boshqa yangiliklar