AsosiyJamiyat

Qashqadaryolik tadbirkor chigirtkadan un ishlab chiqarmoqchi

'Qashqadaryolik tadbirkor chigirtkadan un ishlab chiqarmoqchi'ning rasmi

Qashqadaryolik tadbirkor Muzaffar Hamzaev viloyat innovasion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Nishon tumanida chigirtkadan parhezbop un tayyorlash loyihasini ishlab chiqdi.

Ma`lum qilinishicha, qishloq xo`jalik o`simliklarining eng xavfli kushandasini tarkibida oqsil miqdori ko`p bo`lgani bois butun dunyoda chigirtka uniga talab juda yuqori ekan. 

Loyiha qiymati 4,1 mlrd. so`m bo`lib, yillik quvvati 80 tonna chigirtka uni ishlab chiqarishga mo`ljallangan va har kilosi 3,7 AQSh dollardan sotiladi. Shuningdek, 10 ta yangi ish o`rni yaratish imkoniyati paydo bo`ladi. Ayni paytda chigirtka unini eksportga chiqarish uchun tadbirkor M. Hamzaevning “Merry-Cricket” mas`uliyati cheklangan jamiyati va Saudiya Arabistonidagi hamkorlar o`rtasida shartnoma imzolangan.

—  Bu loyiha mazkur hujjat ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Yana bir foydali jihati shundaki, chigirtkani dalalardan yig`ib olish uchun aholi vakillari jalb qilinadi. Maxsus to`r qoplarda hasharotlarni yig`ib topshirgani uchun ularga tegishli miqdorda haq to`lanadi. Buyam aholi bandligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chigirtka uni ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish maqsadida chigirtkalar chatishtiriladi va qayta ishlash uchun maxsus etishtiriladi, - deydi tadbirkor.

 

    Boshqa yangiliklar