AsosiyMadaniyat

Samarqanddagi Kofirqal`adan topilgan, VIII asrga oid noyob o`ymakor pannoni tarkibiy restavrasiya qilish ishlari yakunlandi

'Samarqanddagi Kofirqal`adan topilgan, VIII asrga oid noyob o`ymakor pannoni tarkibiy restavrasiya qilish ishlari yakunlandi'ning rasmi

Samarqanddagi Kofirqal`adan topilgan, VIII asrga oid noyob o`ymakor pannoni tarkibiy restavrasiya qilish ishlari yakunlandi.  Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva xabar bermoqda.

Kamida 1300 yillik tarixga ega ushbu bebaho artefakt Samarqand yaqinida olib borilgan qazilma ishlari vaqtida topilgan. U Luvr muzeyida o`tkaziladigan ko`rgazmada eksponatlar safidan joy olishi ta`kidlanmoqda. 

Qal`ani o`rganish paytida yog`och panellar bilan bezatilgan va taxt zali deya taxmin qilinayotgan xona topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, xona yong`indan jiddiy zarar ko`rgan.

" – Eng hayratlanarlisi, aynan yong`in tasvirlarning saqlanib qolishiga sabab bӯlgan: yog`och shu kungacha chirib ketgan bӯlardi, ammo uning kuygan  qismlarida tasvir saqlanib qolgan.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi va Luvr muzeyi mutaxassislari hamkorligida pannoni qayta tiklash ustida jiddiy ish olib borildi. Endilikda qadimgi ustalarning nozik o`ymakorlik ishlaridan bahramand bo`lish imkoniyati tug`ildi" – deb yozmoqda S.Mirziyoeva.

 

    Boshqa yangiliklar