Andijon viloyati prokuraturasi xodimi katta miqdorda pora olayotganda qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati "Darakchi"ga ma`lum qildi.
"12 noyabr kuni soat taxminan 23:00 larda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan" deya ma`lum qildi, matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov.
Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari o`tkazilmoqda.






