AsosiyJamiyat

Zangiotadagi mebel do`konida yong`in sodir bo`ldi

'Zangiotadagi mebel do`konida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 13 noyabr kuni soat 00.59 da Zangiota tumanida joylashgan mebel do`konida yong`in yuzaga kelgan. Hodisa oqibatida binoning shifti va mebel jihozlari 220 kv.m. maydonda yongan. Voqea joyiga yong`in-qutqaruv ekipaji etib borib, yong`in soat 01:22da o`rab olingan va 02:15da o`chirilgan.  

 Olib borilgan harakatlar natijasida do`konning 110 kv.m. maydoni yong`indan saqlab qolingan.  

 Hozirda yong`in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.  

 Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jarohat olganlar qayd etilmagan.  

    Boshqa yangiliklar