AsosiyJamiyat

O`rta Chirchiqda 13 yoshli qiz noma`lum gazdan zaharlanish oqibatida vafot etdi

'O`rta Chirchiqda 13 yoshli qiz noma`lum gazdan zaharlanish oqibatida vafot etdi'ning rasmi

Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumanida 5 noyabr kuni 2 ayol va 13 yoshli qiz noma`lum gazdan zaharlangan, deya xabar bermoqda O`rta Chirchiq tuman hokimligining axborot xizmati.

Xabarga ko`ra, tumanning Furqat ko`chasida yashovchi 55 yoshli A.B., 26 yoshli M.M. va 13 yoshli A.M. noma`lum gazdan zaharlanish oqibatida Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tez yordam bo`limiga olib kelingan.

Voqeadan bir kun o`tgach, 6 noyabr kuni 2008 yilda tug`ilgan A.M. shifoxonada vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar