“Nihol” mukofoti sovrindori, opera xonandasi Milena Madmusaeva turmushga chiqmoqda.
Milena va Abduhamidning nikoh kechasi bugun poytaxtdagi restoranlardan birida bo`lib o`tadi. Xonandaning hamkasblari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga to`yga taklifnoma suratini joylashtirib, Milenaga baxt tilamoqda.
Fursatdan foydalanib, “Darakchi” tahririyati nomidan Milena va Abduhamidni bugungi sana bilan qutlaymiz.





