Ikki yil muqaddam Koson tumanida yashovchi T.Q. mast holatda tayoq bilan xotini X.G.ni urib, qo`l va oyoqlarini sindirib, qasddan o`ldirgan. Jasadni quduqqa tashlab, tuproq bilan quduqni to`ldirib ko`mib yuborganligi aniqlangan.
Kunora bu oilada bo`lib turgan janjaldan mahalla faollari, qarindosh-urug`lar xabardor bo`la turib vaqtida oldini olmagan.
Boz ustiga muqaddam ham qotillik jinoyatini sodir etgani uchun jazo muddatini o`tab chiqqan bu shaxs qo`shxotin bilan yashagani, doimiy spirtli ichimlik iste`mol qilib, uyda janjal ko`tarish bilan band bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Q.T.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






