“Barselona” hujumchisi Serxio Agueroyuragi bilan bog`liq muammolari sababli futbolchilik faoliyatini erta yakunlashi mumkin.
Qayd etilishicha, 33 yoshli argentinalik futbolchining yuragidagi muammosi taxmin qilinganidan ham jiddiyroq bo`lib chiqqan.
Uning salomatligini nazorat qilayotgan shifokorlari Agueroning boshqa maydonga tusha olmasligini ma`lum qilgan.
Ma`lumot uchun, u “Alaves”ga qarshi uchrashuvda o`zini yomon his qilgan va maydonni barvaqt tark etgan. Keyinchalik shifokorlarning aytishicha, Agueroda taxikardiya kuzatilgani va u yaqin 3 oy davomida maydonga tusha olmasligi ma`lum qilingandi.
Izzatbek Abduvahobov






