AsosiySport

Farg`onada xokkey bo`yicha O`zbekiston chempionati bo`lib o`tmoqda

'Farg`onada xokkey bo`yicha O`zbekiston chempionati bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Shu kunlarda Farg`onadagi Sportning o`yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar maktabi o`yingohida 2003 yilda tug`ilgan va undan kichik yoshdagi qizlar o`rtasida chim ustida xokkey bo`yicha O`zbekiston chempionati bo`lib o`tmoqda.

Musobaqa dasturiga asosan 10 noyabr kuni viloyat terma jamoalari Farg`ona shahriga etib kelishdi va jamoalar ro`yxatdan o`tkazildi.

O`zbekiston chempionatida jami 6 ta viloyat terma jamoalari g`oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Bular – Andijon, Namangan, Farg`ona, Xorazm, Samarkand hamda Buxoro viloyati terma jamoalaridir. Musobaqada 108 nafar sportchi qatnashmoqda.

Dastlabki kungi o`yinlarda quyidagi hisoblar qayd etildi:

Namangan – Buxoro – 2:0

Xorazm – Andijon – 3:0

Farg`ona – Samarqand – 2:0

O`zbekiston chempionati oliblari 15 noyabr kuni aniqlanadi.

    Boshqa yangiliklar