AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Turkiy Kengash nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o`zgartirilishiga munosabat bildirdi

'Shavkat Mirziyoev Turkiy Kengash nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o`zgartirilishiga munosabat bildirdi'ning rasmi

Prezident Matbuot kotibining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoev Istanbul yaqinidagi Demokratiya va erkinlik orolida o`tayotgan Turkiy kengash sammitida nutq so`zlamoqda:

“Umumiy til va mushtarak qadriyatlar birligi asosida shakllangan Kengashimiz doirasida bugungi kunda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda.

Og`ir pandemiya davrida ham biz sherikligimizni kengaytirishga, bir-birimizga yordam berib, aloqalarimizni muntazam rivojlantirishga intilib kelmoqdamiz.

Aminmanki, bugun qabul qilinayotgan qarorga binoan Turkiy Kengash nomi «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o`zgartirilishi hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi".

    Boshqa yangiliklar