AsosiyJinoyat

Ishtixonda qarzdorlikni yo`q qilib bermoqchi bo`lgan elektr ta`minoti korxonasi xodimi ushlandi

'Ishtixonda qarzdorlikni yo`q qilib bermoqchi bo`lgan elektr ta`minoti korxonasi xodimi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, Ishtixon tumani elektr ta`minoti korxonasi xodimi R.T. fuqaro X.ga nisbatan tuzilgan dalolatnomani hamda elektr energiyasidan qarzdorligini yo`q qilib berish va ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 5  mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar