AsosiyJamiyat

Zangiotada IIB xodimlari fuqaroga tan jarohati etkazgani rostmi? IIV vaziyatni o`rgandi

'Zangiotada IIB xodimlari fuqaroga tan jarohati etkazgani rostmi? IIV vaziyatni o`rgandi'ning rasmi

​​Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaroga tan jarohati etkazilganligi to`g`risida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan  IIV Axborot xizmati rahbari Shohrux  G`iyosov quyidagilarni ma`lum qildi.

"Ma`lum qilamizki, joriy yilning 11 noyabr kuni kechki soat 20.00larda Zangiota tumani, Ramadon mahalla fuqarolar yig`ini, Markaziy ko`chasida yashovchi fuqaro U.X. (ona) murojaat qilib, o`g`li, ishsiz, 1974 yilda tug`ilgan U.M. muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste`mol qilishini, ayni vaqtda uyda janjal qilib, onasi va yaqinlariga tazyiq o`tkazayotganligini aytib, yordam so`ragan.

Voqea joyiga etib borgan Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tartibbuzar qo`lga olinib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183 (Mayda bezorilik), 187 (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste`mol qilish) hamda 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari bilan materiallar rasmiylashtirish vaqtida, fuqaro U.M. IIBning ma`muriy binosidan qochib ketib, go`yoki unga nisbatan kuch ishlatilganligi haqida yolg`on ma`lumotlarni tarqatgan.

Hozirda fuqaro U.M. ichki ishlar organlariga olib kelingan hamda unga nisbatan, yuqoridagi moddalarga qo`shimcha ravishda O`zbekiston Respublikasi MJtKning 40 (Tuhmat) bilan materiallar rasmiylashtirilib sudga taqdim etilgan"

    Boshqa yangiliklar