AsosiySiyosat

Rasman: Behzod Musaev Sog`liqni saqlash vaziri etib tayinlandi

'Rasman: Behzod Musaev Sog`liqni saqlash vaziri etib tayinlandi'ning rasmi

Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Bosh vazir o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Behzod Anvarovich Musaev Sog`liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

Behzod Musaev 1973 yilda tug`ilgan. 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda esa O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.  

U mehnat faoliyatini 1995 yilda O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida boshlagan. 1998-2002 yillarda Moliya vazirligida ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig`i kabi mas`ul lavozimlarda ishlagan.  

2002 yilda Hisob palatasida faoliyat ko`rsatib, 2006-2010 yillarda Hisob palatasi raisi bo`lgan.

B. Musaev 2010 yilda Davlat soliq qo`mitasidagi faoliyatini boshlagan. 2010-2011 yillarda va 2018 yilning martidan dekabrigacha bo`lgan muddatda DSQ raisining birinchi o`rinbosari, 2018 yil dekabridan qo`mita raisi lavozimlarida ishlagan.

2020 yilning mayida Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2020 yil yozida bir muddat Sog`liqni saqlash vaziri vazifasini ham bajarib turgan.

Sog`liqni saqlash tizimida hamma uchun tanish bo`lgan Behzod Musaev bir yarim yil davomida tibbiyot sohasi vakillari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritib kelgan.

    Boshqa yangiliklar