2021 yil 31 avgust kuni soat 22:58 da Qirg`iziston Respublikasiga tegishli davlat raqami "01 KG 737 AHA" bo`lgan avtomobil Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 163-166 kilometrlari oralig`ida 70 km/s tezlik chegaralangan joyda 86 km/s tezlikda harakatlanganligi foto-video moslamasi orqali aniqlangan.
Toshkent viloyati IIBB YHXB inspektori F.Ikramov tomonidan xuquqbuzarlik yuzasidan O`zbekiston Respulikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 128(3)-moddasi 1-qismi bilan jarima solish to`g`risidagi qaror yuqorida ko`rsatilgan avtomobilga emas balkim MChJga tegishli "Trailblazer" rusumli 01 737 AHA davlat raqam belgili atvomobilga yuborilgan.
O`z xizmat vazifasiga e`tiborsizlik bilan yondashib qabul qilingan qaror keng jamoatchilik e`tirozlariga sabab bo`lmoqda.
Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.






